Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma Trampga tegishli golf klub yaqinida sodir bo‘lgan. Oq uy bu voqeani suiqasd deb tan oldi.
O‘q uzgan shaxs Rayan Uesli Rut bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Internet foydalanuvchilari uning Ukrainaning faol tarafdori ekanligini aniqlashdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rutning Kiyev tomonidagi jangovar harakatlarga odam yollashga uringani va «Ukraina uchun jang qilish va o‘lishga» va’da bergani haqidagi postlari skrinshotlari tarqalgan.
Bayden AQSH hukumati Trampni eng yuqori darajada doimiy himoya bilan ta’minlashini aytdi.