Joriy yilning 15-sentyabr kuni samarqandliklar katta bayram bahonasida birlashishdi. Bunga Bulungʻur tumanining “Fozil Yoʻldosh” massivida o’tkazilgan “Pomidor sayli”ni sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin.
Tadbirda viloyatdagi qayta ishlovchi korxonalarning tayyor mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Unda tumanlarning fermer xo’jalik tashkilotlari, korxonalari o’zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Jumladan, Paxtachi tumani tumanda yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari va eng ko’p foydalaniladigan pomidor navlari bilan qatnashdi. Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasida birinchi marta bo‘lib o’tgan sayl faqatgina ko’rgazmalar bilangina cheklanib qolmasdan, unga tashrif buyuruvchilarga bayramona shukuh bag’ishlash maqsadida har bir tumanning madaniyat xodimlari tomonidan bayramona va xalq kuy-qo’shiqlari, sahnaviy chiqishlari dastasi taqdim etildi.
Xususan, Paxtachi tumanining Madaniyat bo’limi qoshidagi «Qizibibi sadolari» folklor jamoasi ham bunda o’zining ashula va raqslari, lapar-u, xalqona sahna ko’rinishlari bilan qatnashib qaytishdi.
Bir so’z bilan aytganda, Bulung’urda birinchi bor o’tkazilgan «Pomidor sayli» fermer va dehqon xo’jaligi vakillarining o’zaro tajriba almashish, yanada yaqin bo’lib do’stlashishiga poydevor bo’la oldi