Ombudsmanga Prezident va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi berilmoqda

Ombudsmanga Prezident va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi berilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi. Qonun loyihasiga koʻra, Ombudsmanga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi berilmoqda. Shuningdek, xalqaro majburiyatlar yuzasidan “muqobil maʼruza” tayyorlash vakolati ham kiritilmoqda. (https://uza.uz/posts/636436)

Ombudsman lavozimiga qoʻyilgan baʼzi talablar bekor qilinib, taʼsir choralari (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda bayon etilgan. Shuningdek, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar va jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslar bilan ishlashga oid huquqlari mustahkamlanmoqda.

Qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.