Norvegiya elektr avtomobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshib ketgan birinchi davlat boʻldi.
Hozirda mamlakatda 2,8 million avtomobil roʻyxatga olingan — ulardan 754 303 tasi toʻliq elektromobillar, 753 905 tasi benzinli va 366 000 tasi gibrid.
Oxirgi chegara dizeldagi avtomobillar boʻlib, ular mamlakatda hali ham milliondan ortiq. Biroq, hukumat hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi surʼatda elektromobillar soni 2026-yilga kelib ulardan oʻtib ketishi mumkin.