Shu yilning 17-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki sinfdoshni tok urdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Birinchi bemor bolalar jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning tanasi 63 foiz kuygan.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga 17-sentyabr kuni 13:00 larda bu haqda xabar berilgan. Xabarga asosan tergov tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgan.
Aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf o‘quvchilari Uchko‘prik tumanidagi temiryo‘l bekatiga kelgan. Temiryo‘l izlarini belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, taqiqlangan hududga kirgan.
Ular bekatda turgan bug‘doy tashuvchi vagonning ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ehtiyotsizligi oqibatida ikki nafar o‘smirni yuqori kuchlanishli elektr toki urgan. Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan.
Birinchi bemor bolalar jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning tanasi 63 foiz kuygan. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va o‘ng son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam ko‘rsatilgan.