Prezident Qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024–2030-yillarga moʻljallangan milliy dastur tasdiqlandi.
Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:
— chang va qum boʻronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish hamda hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish;
— 2028-yilgacha kuchli chang boʻronlari hosil boʻlish surʼatlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartirish.
2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni oʻrnatish ishlari boshlanadi.
2026-yil 1-yanvardan Toshkentda oʻrnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi.