“Mariya Zaxarova O‘zbekistondan kechirim so‘rasin!”. Yozuvchilar uyushmasi ham tilga kirdi

“Mariya Zaxarova O‘zbekistondan kechirim so‘rasin!”. Yozuvchilar uyushmasi ham tilga kirdi

“Mariya Zaxarova O‘zbekistondan kechirim so‘rasin!”. Yozuvchilar uyushmasi ham tilga kirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Rossiyaning Toshkent maktablaridan biridagi voqea bo‘yicha tushuntirish talab qilganini keskin qoraladi va Mariya Zaxarovadan kechirim so‘rashni talab qildi.

 

“Nima, ular haligacha O‘zbekistonni ham o‘zining guberniyasi deb hisoblamoqdami yo andishaning otini qo‘rqoq deb o‘ylashyaptimi? Bir necha rasmiy, norasmiy shaxslari suverenitetimizni shubhaga oldi, tariximizni kamsitdi, vazmin munosabat bildirdik. Migrantlarni bilgan ko‘yiga solyapti. Indamagan sayin borgan sari haddidan oshishyapti”, deydi Minhojiddin Mirzo.

Eslatib o’tamiz, oldinroq Rasul Kusherbayev ham bu borada o’z fikrini bildirgandi.