Mahkumlarda ovoz berish huquqi qanday bo’ladi?

Mahkumlarda ovoz berish huquqi qanday bo’ladi?

Xabar berib borayotganimizdek, Toshkent shahrida tashkil etilgan «Debat Xoll»da bugun jurnalist va blogerlar uchun saylovoldi jarayonlari bilan yaqindan tanishish, uni OAVlarda yoritish masalalari bo’yicha media trening bo’lib o’tdi.

Unda qatnashchilarga tushunchalar berilib, savollarga ham javob qaytarildi.

Qanday holda mahkumlar ovoz berish huquqidan foydalanishi mumkin?

– Endilikda sud qarorida «ovoz berish huquqidan mahrum qilinsin», degan band kiritilmagan bo‘lsa, mahkumlar ovoz berish huquqidan foydalanishi mumkin. Jumladan, barcha ozodlikdan mahrum qilish koloniyalarida yopiq saylov uchastkalari tashkil etilgan.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi eksperti Sherzod Jo‘rayev «Debat Xoll» media markazida tashkil etilgan seminar-treningda aytib o‘tdi.