Samarqandda aka-uka tadbirkorlar olis mahalla aholisiga maktab qurib berdi.
Bulung‘ur tumanidagi «Chorbog‘» mahallasida urgutlik ikki aka-uka tadbirkor 15 km uzoqlikdagi maktabga qatnayotgan bolalar uchun yangi maktab qurib berdi.
Maktab 240 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, hozirda 380 nafardan ortiq bola ta’lim olmoqda, deb xabar beradi @SputnikUzbek muxbiri.
Loyiha tadbirkorlarning otasi xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, umumiy hisobda qurilishga 5 mlrd. so‘m sarflangan.