Energetika vaziriga koʻra, 2030-yilgacha borib, biz energetika balansida muqobil elektr manbalar ulushini 40% ga yetkaziladi. Oʻzbekistonda xar yili elektr energiya isteʼmoliga talab 7-8% ga ortib boraveradi, bunday sharoitda yangi avlod manbalarini joriy etish talab etiladi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekistonda 2030-yilgacha 20 GVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish nazarda tutuvchi dastur qabul qilingan.
“Biz qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy ulushidagi (energetika balansidagi) ulushini 40 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Hozirda qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi allaqachon 10 foizga yetmoqda, yil oxiriga qadar esa biz uni 15 foizga yetkazamiz.
Shu tariqa har yili taxminan 2,5−3,5 GVt qayta tiklanadigan energiya manbalari joriy etiladi”, — dedi u.
Vazir ushbu dasturni amalga oshirish boshqa energiya manbalari: GESlar, issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya va qurish bilan bir qatorda amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
“Agar hozir, bu yil oxirigacha, bizda issiqlik elektr stansiyalari quvvati 14 GVt dan ortiq boʻlsa, 2030-yil oxirigacha bu quvvatni 18,5 GVt ga yetkazamiz. Biz barcha energiya manbalarining rivojlanishini hisobga olgan holda muvozanatlashganmiz. 300 kundan ortiq quyoshli kunlar va yaxshi shamol oqimi bor, bulardan foydalanmaslik gunoh boʻladi”, — dedi Mirzamaxmudov.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda litiy-ionli akkumulyatorlar negizida elektr energiyasini saqlash tizimlari ishlab chiqilmoqda.
“Bu yil biz birinchi 300 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimini ishga tushiramiz. 2030-yilgacha energiya saqlash tizimlari quvvatini 4,2 GVt ga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, gidroakkumulyator elektr stansiyalari qurish loyihasi ham koʻzda tutilgan, yaʼni gidropotensialdan foydalaniladi.
Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi 100 foiz loyihalar toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari hisobiga amalga oshirilmoqda”, — dedi energetika vaziri.