“Daʼvatlarga berilmang” — Rossiya armiyasiga yollanayotgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining maʼlum qilishicha, fuqarolikdan chiqarishga doir prezident farmoni qabul qilingunga qadar, Oʻzbekistonliklarning xorijiy davlat fuqaroligi eʼtirof etilmaydi.
Diplomatik vakolatxona yurtdoshlarimizni urush targʻibotlariga berilmaslikka chaqirib, xorijiy davlat hududidagi harbiy harakatlarda qatnashish jinoyatini sodir qilgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgan.