Chaqaloqlarning sochini kal qilib olish, sochning oʻsishini tezlashtirmaydi va qalin boʻlishini ham taʼminlamaydi, chunki sochlarni almashinishi va yangilanishi uchun vaqt kerak. Bu jarayonni organizmning oʻzi genetik maʼlumotlarga asoslangan holda, maʼlum algoritmlar asosida amalga oshiradi.
Soha mutaxasislari ham chaqaloqning sochini kal qilib olishni tavsiya qilishmaydi. Chunki ustaraning oʻtkir tigʻi bolaning nozik, taʼsirchan terisini va hali toʻliq rivojlanmagan soch ildizini zararlashi mumkin.