Rossiyalik neyrofiziolog olimlarning fikriga koʻra, soʻkinish asablarni izdan chiqarib, organizmda koʻplab kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Markaziy asab tizimi soʻkinishni agressiya deb qabul qilib, tanani stress holatiga oʻtkazar ekan. Bunday holatda inson hatto tanasida boʻlayotgan ogʻriqlarni ham sezmay qolishi mumkin.
Doimiy stress yurak-qon tomir, asab kabi tizimlarni qiynaydi va insult, infarkt, qandli diabet, gipertoniya kabi kasalliklar kelib chiqishini tezlashtiradi.