Yaqin orada bormoqchi bo‘lsangiz, oldingidek shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni olib borishingiz shart emas.
Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi.
Mamlakatimizning Davlat xizmatlari markazlaridagi mutaxassislar Face ID orqali shaxsingizni tanib olishlari mumkin. Ya’ni endi kameraga yuzingizni ko‘rsatsangiz, barcha kerakli ma’lumotlar avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.
Adliya vazirligining ochiqlashicha, bunday imkoniyat respublika bo‘ylab barcha markazlarda yo‘lga qo‘yilgan.
Bu xabar Siz uchun foydali bo‘ladi, degan umiddamiz!