Volkswagen Germaniyada kamida uchta zavodni yopadi va qolgan barcha korxonalarda xodimlarni qisqartiradi. Bunga sabab Xitoy va Yevropa bozorlarida talabning sustligi hamda elektromobillarga o‘tish omadsiz bo‘lgani, deyiladi rasmiy xabarida.
Bu Volkswagenning 87 yillik tarixida o‘z vatanida birinchi marta zavod yopishi bo‘ladi. Ayni damda kompaniyaning Germaniyada 10 ta zavodi bor. U yerda 300 000 xodimlar ishlaydi.