Indoneziya IPhone 16 sotuvini taqiqladi

Indoneziya IPhone 16 sotuvini taqiqladi

Indoneziya hukumati har qanday iPhone 16 sotuvlarini taqiqlab qo’ydi. Apple mamlakat oldidagi investitsiya majburiyatlarini bajarmadi, iqtisodiyotga talab qilinadigan 109 million dollardan atigi 15,3 million dollar sarmoya kiritgan.

Bunday investitsiyalar talab qilinishi sababi — chet el kompaniyalari o’z uskunalarida Indoneziyada ishlab chiqarilgan komponentlarning kamida 40 foizidan foydalanishni talab qiluvchi qonun mavjud. Hindistonda ham shunga o’xshash qonun amal qiladi.

Bugungi kunda Indoneziya Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik iqtisodiyot markazi bo’lib, qariyb 300 million aholi va 350 milliondan ortiq faol mobil telefonlarga ega.