Bolaning qotili 5 ta modda bilan ayblanmoqda

Bolaning qotili 5 ta modda bilan ayblanmoqda

3 yoshli bolaning qotili Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanmoqda.

Bosh prokuratura va Oliy sud ijtimoiy tarmoqlarda “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani” haqida tarqalgan xabarlar yolgʻon ekanini qayd etdi.

Maʼlum boʻlishicha, Jinoyat kodeksining 97, 25, 97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan 31 yoshli S. M.ning jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga kelib tushgan hamda mazmunan koʻrib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.