Tojikiston «GTA» va «Counter Strike» o’yinlarini taqiqladi

Tojikiston «GTA» va «Counter Strike» o’yinlarini taqiqladi

Qo‘shni Tojikistonda Counter Strike o‘ynashni rasman taqiqlab qo‘yishdi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi mashhur video o‘yinlar Counter Strike va GTA o‘yinlarini zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qilishda ayblab, uni taqiqladi.

Mamlakatdagi barcha kompyuter klublaridan ularni o‘ynashni to‘xtatish talab qilinmoqda. Ota-onalarga esa farzandlarining bo‘sh vaqtini qattiq nazorat qilish hukumatning tavsiyasiga aylangan.

Shuningdek, hukumat bunday o‘yinlarga bo‘lgan ishtiyoq o‘smirlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi, jinoyat sodir etishiga sabab bo’lishi mumkinligidan havotirdaligini bildirgan.

Saida Ibodullayeva, MUHIM24