Tramp «kasbini o‘zgartirdi»

Tramp «kasbini o‘zgartirdi»

AQSH prezidentligiga nomzod 30-oktyabr kuni Viskonsinga bordi. Samolyot trapidan tushgach, Tramp uning saylovoldi kampaniyasi belgilari tushirilgan chiqindi tashish mashinasiga minib olgan. «Mashinam qalay? Bu yuk mashinasi Kamala va Joning sharafiga», — degan Tramp jurnalistlar bilan gaplasha turib.

Tramp bu orqali Baydenning respublikachilar manziliga qaratilgan oxirgi gaplariga javob qaytardi. Undan oldinroq respublikachilar mitingida chiqish qilgan qiziqchi Puerto-Rikoni «suzib yuruvchi chiqindi oroli» deb atagandi.

Bayden bunga shunday munosabat bildirdi: «Men bu yerda ko‘rib turgan yagona chiqindi uning [Trampning] tarafdori». Ammo Trampning tarafdorlari AQSH prezidentini barcha respublikachilarni «chiqindi» deb atashda ayblamoqda.