Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar olgan vaqtida ushlandi.
U xizmat mavqeyidan foydalangan holda, klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln AQSH dollari miqdorida investisiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln dollar talab qilib, oldindan 1 mln dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda xizmat mavqeyidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosariga nisbatan JKning 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.