Payariqda yashirin sex fosh boʻldi

Payariqda yashirin sex fosh boʻldi

U yerda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarilgan.
Payariq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.U. “P.F.” MCHJga qarashli binoda yashirin sex tashkil etib, hech qanday hujjatsiz yogʻ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanayotganligi aniqlangan. Ushbu sexdan 6,8 tonna paxta xomashyosi, 2 tonna texnik chigit, 126 kg isteʼmolga yaroqsiz yogʻ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.