Shodiyev Jasurbek Mamarayimovich
1984-yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2007-yil Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2022-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodchi, psixolog. O‘zLiDeP a’zosi. Oilali. To‘rt nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyatini 2007-yilda AT “Paxtabank” Samarqand viloyati Oqtosh bo‘limi “Islom Shoir” minibanki mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2013-2019-yillarda “Agrobank” Samarqand viloyati Narpay filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, boshqaruvchisi, 2021-2024-yillarda O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2024-yildan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Jasurbek Shodiyev 32-Samarqand viloyati saylov okrugi etib belgilangan Paxtachi va Narpay tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrining to‘liq hududlari bo‘yicha 282 ming nafardan ortiq saylovchilar manfaatini Oliy Majlisda himoya qiladi. Shu bilan birga saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni og‘ishmay bajaradi. Saylovchilar bilan tez-tez uchrashib, ularning murojaatlari va takliflarini eshitib, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirayotgan ishlari va faoliyati yuzasidan ma’lumotlar berib boradi, deb umid qilamiz.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga saylangan deputatlarimiz
Toshev Farmon Is’hoqovich
1954-yil 6-aprelda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1975-yilda Samarqand Davlat universitetini o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
Kenjayeva Nargiza Quvvatovna
1979-yil 7-iyulda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2003-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini pediatriya ishi vrach- narkolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Ayni vaqtda Samarqand viloyati narkologiya dispanseri bosh shifokori.
Endilikda Farmon Toshev tumandagi 37-Sultonobod saylov okrugi etib belgilangan tuman hududidagi “Burqut”, “Gulshan”, Mirzo Nodim, “Qo‘shhovuz”, “To‘g‘olon”, “Istiqbol”, “Yobu”, “Toma”, “Ko‘rpa”, “Tinchlik”, “Sardoba”, Quvondiq, “Hunarmand”, Mirzo Olim, Xudoyberdi, Go‘ro‘g‘li, “Urganji”, “Oqtepa”, “Saroy”, “Amirobod”, “Nahripay”, “Mojor”, “Nurafshon”, “Obodon”, Mirza Salimiy mahallalari aholisi va 36 mingdan ortiq saylovchilar manfaatlarini;
Nargiza Kenjayeva esa 38-Xumor saylov okrugi etib belgilangan “Suluvqo‘rg‘on”, “Gulobod”, “Taraqqiyot”, “Hayit Elbegi”, “Qirguli”, “Yangiobod”, “Istiqlol”, Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, “Toshko‘prik”, “Mirkan”, “Bo‘ston”, “Jahonobod”, “Bodoy”, “Guliston”, “Qoratepa”, “Tadbirkor”, “Fay”, “Bog‘oloni”, “Chorgo‘sha”, “Qarnabota”, “Chashma” mahallalari aholisi va 35 mingdan ortiq saylovchilar manfaatlarini Xalq deputatlari viloyat Kengashida himoya qiladi.
«MUHIM24» va «PAXTACHI» gazetasi tahririyati