Foto: Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi
“Almati–Turkiston–Toshkent– Almati” yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻl sayohati ochildi. Bu haqda Kazinfrom agentligi QR Turizm va sport vazirligiga tayanib xabar berdi.
4 kunlik xalqaro temir yoʻl sayohati turistlarga qadimiy shaharlar atmosferasiga shoʻngʻish va Buyuk Ipak yoʻli izidan sayohat qilish imkonini beradi. Yoʻnalish Turkiston va Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylarini oʻz ichiga oladi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ekskursiya dasturiga gidlar yordami, ovqatlanish, transport xizmatlari va kirish chiptalari kiradi.
«Birgalikda olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida biz ikki davlatni bogʻlaydigan noyob poyezdlar sayohatini yaratishga muvaffaq boʻldik. Boy maʼnaviy-tarixiy merosni oʻrganishni xohlovchi fuqarolarimiz va boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun sayohat yanada qulay va hamyonbop boʻladi. Bu Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida turizmni rivojlantirish va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam boʻldi», — dedi QR Turizm va sport vaziri oʻrinbosari Yerjan Yerkinbayev.
Qozogʻistonda “Ipak yoʻli” temir yoʻl sayohati ochildi. “Almati – Turkiston – Toshkent – Almati” yoʻnalishi boʻyicha birinchi tur 2024-yil 16-noyabrdan boshlanadi.
Toʻrt kunlik temir yoʻl sayohati turistlarga qadimiy shaharlar atmosferasiga shoʻngʻish va Buyuk Ipak yoʻli izidan sayohat qilish imkonini beradi.
Yoʻnalish Turkiston va Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylarini oʻz ichiga oladi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ekskursiya dasturiga gidlar yordami, ovqatlanish, transport xizmatlari va kirish chiptalari kiradi.