Donorlarga yangi imtiyozlar berilmoqda

Donorlarga yangi imtiyozlar berilmoqda

Endi donorlarga 5,6 million soʻm toʻlanadi va jamoat transportda yoʻl haqi toʻlashdan ozod qilinadi.

Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab “Faxriy donor” koʻkrak nishoni joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu nishon sohiblariga 5,6 million soʻmgacha mukofot va jamoat transportdan bepul foydalanish hamda sanatoriylarda navbatsiz davolanish huquqi beriladi.