Shaxobchalardagi maishiy-texnik ehtiyojlar va hududni yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi quyosh panellari orqali qoplanadi.
Oʻzbekistondagi barcha yoqilgʻi quyish shoxobchalarida foydalaniladigan elektr energiyasi quyosh panellari orqali qoplanadi. Bu haqda 16 fevral kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga koʻra, respublikadagi barcha yoqilgʻi avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchalariga quyosh panellari oʻrnatiladi.
Shaxobchalardagi maishiy-texnik ehtiyojlar va hududni yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi mazkur quyosh panellari orqali qoplanadi.
Qarorda 20 mingta ijtimoiy soha obʼyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish nazarda tutilgan.