Foto: Podrobno.uz
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi hukmi bilan Saidaziz Saidaliyev va yana 22 kishi 5 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.
“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi apellyatsiya sudida ko‘rib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kishi JIB Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmidan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritgan. Bugun, 27 noyabr kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiya sudi ishni ko‘rib chiqib, ajrim qabul qildi.
Sud ajrimiga ko‘ra, birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kishining apellyatsiya shikoyatlari esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.