Samarqandning yangi hokimi qayerdan?
U 1972 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlab, 2008 yilda ushbu universitet aspiranturasi ilmiy tadqiqotchisi sifatida tahsil olgan.
Buxoro viloyati moliya boshqarmasida 1-toifali iqtisodchi, monopoliyaga qarshi va narx siyosati bo‘limi yetakchi iqtisodchisi bo‘lib, keyinchalik boshqa lavozimlarda ishlagan (1993−2007).
Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Ijroiya boshqarmasi daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshlig‘i (2008−2010), Davlat byudjeti bosh boshqarmasining jamlanma byudjet daromadlarini rejalashtirish va tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari (2010−2012) va Moliya vazirligi tuzilmasidagi boshqa lavozimlarda ishlagan. Xususan, Taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Adiz Boboyev joriy yil boshidan beri Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Adiz Boboyev 28-noyabr kuni Erkinjon Turdimovning Prezident Administratsiyasiga ishga o’tganligi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi vazifasiga tayinlandi.