Ombudsmanning vakolatlari kengaytirildi

Ombudsmanning vakolatlari kengaytirildi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririga koʻra, ombudsman lavozimi uchun yosh chegarasi 25 yoshdan 30 yoshga oshirildi.

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq ombudsman lavozimiga saylanishi mumkin emasligi belgilab qoʻyildi.

Ombudsman endilikda taʼsir choralari sifatida ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnomadan foydalanishi mumkin.

Ombudsman, uning oʻrinbosari va mintaqaviy vakillari har qanday vaqtda, hech qanday toʻsiqlarsiz va ogohlantirishsiz mahkumlar saqlanadigan joylarga tashrif buyurishi mumkin;

Ombudsman huzurida qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo turlarining oldini olish maqsadida jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi;

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridagi ombudsman qutilari orqali murojaat yoʻllashlari mumkinligi belgilandi.

Qonun 15-noyabr kuni eʼlon qilindi va shu kundan kuchga kirdi.