2024-yil oxirigacha joriy etilgan benzin eksportiga vaqtinchalik taqiq 2025-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi, deb xabar bermoqda Rossiya hukumati matbuot xizmati.
«Cheklov to‘g‘ridan to‘g‘ri neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilmaydi», – deyiladi xabarda.
Vazirlar Mahkamasi majlisida ma’lum qilinganidek, qaror ichki yoqilg‘i bozorida barqaror vaziyatni saqlash, neftni qayta ishlash iqtisodiyotini saqlab qolish, avtomobil benzinining kulrang eksportiga qarshi kurashish maqsadida qabul qilindi.
Avvalroq, Qozog‘istonda benzin va dizel yoqilg‘isini YEOII davlatlaridan tashqariga olib chiqishga taqiq joriy etilayotgani xabar qilingandi.
Saida Ibodullayeva MUHIM24