Bugun Paxtachi tuman Ziyovuddin shaharchasida joylashgan 25-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tumanda yetishib chiqqan shoir O’lmasbek Samarqandiyga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda qoshni qardosh Qozog’istondan kelgan Qozog’iston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi, “Qo’sh qanot” Ijodiy jamg’armasi vakillari mehmon bo’lishdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi vakillari, maktablarning ijodiy-madaniy targ’ibotchilari, ijodkor o’quvchilar ishtirok etgan ushbu tantanali tadbirda O’. Samarqaniyning izdosh shogirdlari tumandagi ijodiy muhidni aks ettirgan holda bir-biridan go’zal she’rlarni ijro etishdi. Bundan tashqari, tadbirda qoshni Narpay, Kattaqo’rg’on, Jomboy tumani ijodkorlari ham mehnonda bo’lishdi.
Tadbirning asosiy qismi ijodkorlarni munosib taqdirlash maqsadida jamgʻarmada ta’sis etilgan “Yuksak parvoz” medalini o’zining serqirra ijodiy ishlari va samarali mehnati bilan ikki qardosh xalqlar o’rtasidagi do’stlik an’analarining rivojida qo’shgan hissasi uchun O’lmasbek Samarqaniyga topshirish marosimi bilan davom etdi. Uni qo’shni xalqning “Qo’sh qanot” Ijodiy jamg’armasi vakili Eldor Tatliyev qozoq xalqi nomidan minnatdorlik bildirgan holda topshirdi.
Shuningdek, tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari tomonidan “Qo’sh qanot” Ijodiy jamg’armasi vakili E. Tatliyevga tashakkurnoma topshirilib, o’zbek an’anasiga muvofiq unga milliy chopon va esdalik sovg’alar taqdim etildi.
Bu kabi ikki xalqning bir-biriga qaratayotgan e’tibori chekka hududlarda ko’rinayotgani quvonarli hol hisoblanib, o’sib kelayotgan ijodkor yoshlarga katta g’urur va iftixor, o’zgacha kuch bag’ishlashiga ishonamiz.
Eslatib o’tamiz, ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ichida O’lmasbek Samarqandiy o’n sakkizinchisi bo’ldi. U shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligi, «Xalq taʼlimi aʼlochisi» medali sohibi ham boʻlgan.
Jamolbek SALOMOV,
«PAXTACHI» gazetasi muxbiri tayyorladi.