Yun Sok Yolga impichment eʼlon qilinish arafasida РТ Janubiy Koreyaning sobiq prezidentlari taqdirini esga oldi. Negadar ularning aksariyati yaxshi tugatmagan…
▪️Sung Man Li (1948-1960) – ommaviy norozilik natijasida hukumatdan ag‘darilgan;
▪️Yun Bo Song (1960-1962) – harbiy to‘ntarish natijasida olib tashlangan;
▪️Pak Chung Xi (1962-1979) – Respublika Markaziy razvedka boshqarmasi direktori tomonidan o‘ldirilgan;
▪️Choi Gyu Xa (1979-1980) – harbiy to‘ntarish natijasida olib tashlangan;
▪️Chun Du Xvan (1981-1988) – korrupsiyada ayblangan, isteʼfoga chiqqan;
▪️Ro Dae Vu (1988-1993) – isteʼfoga chiqqanidan keyin 17 yilga qamalgan;
▪️ Kim Yon Sem (1993-1998) – prezident bo‘lmasdan oldin qamalgan, prezidentligi davrida esa ikki nafar sobiq prezidentlarni sudlanishiga erishdi;
▪️ Kim Dae Jung (1998-2003) – Pak Chung Xi prezidentligida qamalgan va Chun Du Xvan davrida o‘limga hukm qilingan, lekin keyinchalik avf etilgan;
▪️No Mu Xyon (2003-2008) – korrupsiya mojarosi tufayli o‘z joniga qasd qilgan;
▪️Li Myon Bak (2008-2013) – prezidentlik muddati tugaganidan keyin poraxo‘rlik va o‘g‘irlikda ayblanib, 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi;
▪️Park Kin Xe (2013-2016) – impichment eʼlon qilingan, poraxo‘rlikda ayblanib hibsga olingan.
MUHIM24