Navoiyda qurilayotgan bog’cha buzdirildi

Navoiyda qurilayotgan bog’cha buzdirildi

Navoiy viloyatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining qurilishi to’xtatildi. Bu haqda Respublika Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi ma’lum qildi.

Viloyatning Karmana tumanidagi “Talqoq” mahallasida “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligida qurilayotgan 120 o’rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining ikkinchi qavati “G” o’qining uchinchi hamda to’rtinchi qatorlaridagi g’isht terish ishlari va beton o’zaklar sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlangan.

Shu sabab inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda qurilish ishlari vaqtinchalik to’xtatilgan hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida buzdirilgan.