Ertaga ba’zi fanlardan milliy sertifikatga oxirgi qabul

Ertaga ba’zi fanlardan milliy sertifikatga oxirgi qabul

Joriy yilning 2-dekabr kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 8-dekabr kuni yakunlanadi.

To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.