Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar yakunlandi. Quvonarlisi, keskin va murosasiz bahslar yakunida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Bugungi finallarda g‘alaba qozongan Farzona Fozilova, Feruza Kazakova hamda Navbahor Hamidova terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni taqdim qilishdi. Finallardagi natijalar:
-48 kg: Farzona Fozilova – Linx Chi Ngo (Vyetnam) 4:1
-52 kg: Feruza Kazakova – Svitlana Umanska (Ukraina) 5:0
-54 kg: Aziza Yakubova – Natnicha Chongprongklang (Tailand) 1:4
-57 kg: Nigina O‘ktamova – Punrave Ruyenros (Tailand) 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova – Xuiping Yuan (Xitoy) 4:1
-75 kg: Aziza Zokirova – Lina Vang (Xitoy) 0:5
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Yeldana Talipova (Qozog‘iston) 1:4
G‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschi qizlarimiz:
🥇 Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-66 kg: Navbahor Hamidova
🥈 Kumush medal:
-54 kg: Aziza Yakubova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
🥉 Bronza medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Ertaga erkaklar o‘rtasidagi final bahslari bo‘lib o‘tadi.