Meksikadagi cherkov festivalida pirotexnika vositalarining portlashi oqibatida 30 ga yaqin odam tan jarohati oldi va kuyib ketdi.
Bu haqda Meksika sog‘liqni saqlash vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilingan.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30 kishi jabrlangan, ulardan 16 nafari og‘ir tan jarohati olgan, ko‘pchilik Arseliya kasalxonasiga yotqizilgan, uch nafar kichik bemor kuyish og‘irligi sababli boshqa shifoxonalarga yotqizilgan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, portlashlar Tlalchapa munisipalitetidagi cherkov ichida Gvadalupening Bokira Maryam sharafiga o‘tkazilayotgan tantanalar vaqtida sodir bo‘lgan.
Viloyat gubernatori Evelin Salgadoning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in va portlashlar pirotexnika vositalariga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish natijasida yuzaga kelgan.