Yagona ijtimoiy karta joriy qilinadi

Yagona ijtimoiy karta joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev — fuqarolar ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun koʻtarib yuradigan 10 dan ortiq hujjat (pensiya, nogironlik guvohnomalari kabi) oʻrniga yagona – ijtimoiy karta joriy etilishini maʼlum qildi.

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va oʻqish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin boʻladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida sinovdan oʻtkaziladi, 2025-yil yakunigacha butun Oʻzbekistonda ishga tushiriladi.