Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) xabar qilishicha, finalda Havasbek Asadullayev Qozog‘istonlik Ablayxan Jusupovni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Ammo keyin ma’lum bo‘ldiki, Asadullayev jangida raqibini yelkasidan tishlagan. Bu holat hakamning e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsa-da, keyingi tekshiruvlarda tasdiqlangan.
Qozog‘iston boks federatsiyasi noroziligidan so‘ng, texnik delegat Asadullayevni diskvalifikatsiya qildi va qoidalarga asosan g‘alaba Jusupovga berildi.