Tramp jamoasi tomonidan Ukraina va Rossiya urushi muzokarasi o’tkazildi

Tramp jamoasi tomonidan Ukraina va Rossiya urushi muzokarasi o’tkazildi

Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni tugatish boʻyicha Oq uy va Kiyev bilan muzokaralar oʻtkazdi — NBC News.

Maʼlumotlarga koʻra, Tramp maʼmuriyatining kelajakdagi aʼzolari, shu jumladan asosiy lavozimlarga nomzodlar, hozircha Ukrainaga aniq reja taqdim etmagan.

Tramp bundan avval, agar u prezident boʻlganida, Ukrainadagi mojaro umuman boshlanmasligini aytgan. U qayta saylansa, mojaroni 24 soatda hal qilishga vaʼda berdi.

Shu bilan birga, Dmitriy Peskov bu fikrga izoh berib, bunday murakkab masalani bir kunda hal qilishning iloji yoʻqligini taʼkidladi.