Yana sovuq kirib kelmoqda

Yana sovuq kirib kelmoqda

Oʻzbekistonga yana sovuq kirib kelmoqda.

Oʻzgidrometga koʻra, 20-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli boʻlishi mumkin.

Havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.