Ma’lum bo’lishicha, portlashda 1 kishi voqea joyida halok boʻlgan, kuyish jarohatini olgan yana 3 kishi shifoxonada vafot etgan.
Fargʻona viloyat IIBga koʻra, holat yuzasidan odam oʻlishiga olib kelgan “texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi” hamda «yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi» (JK 257, 259-moddalari) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.