Hodisa Nigeriya janubidagi Oyo shtatidagi yarmarka vaqtida yuz berdi, bu haqida Turkiyaning Anadolu agentligi habar qildi.
Mahalliy hukumat rasmiysiga ko‘ra, Nigeriya janubidagi Oyo shtatining poytaxti Ibadan shahrida xususiy yarmarkada olomon orasida qisilib qolgan 32 bola halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ko‘plab odamlar jarohatlangan.
Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Oyo shtati gubernatori Sheyi Makinde yarmarka tashkilotchilari hibsga olinganini ma’lum qildi.