ROSSIYA. XORIJ. 21-DEKABR / MUHIM24: Qozog‘istonlik fuqaro Rossiyadan samolyotni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘ldi.
U An-2T samolyotini MAZ yuk mashinasida Pavlodar va Omsk viloyatlari chegarasidan olib o‘tishga uringan.
Ma’lum bo‘lishicha, u samolyotni Rossiyada auksionda sotib olgan, ammo hujjatlarni rasmiylashtirishni unutgan.
Bunday yuk uchun maxsus ruxsat talab qilingani sababli, fuqaro $105 jarimaga tortildi. Samolyotning qiymati esa taxminan 1,8 mln rublni ($17,6 ming) tashkil etadi.