Toshkent metropoliteni 31-dekabr kuni 21 soat ishlaydi

Toshkent metropoliteni 31-dekabr kuni 21 soat ishlaydi

Yangi yil bayrami munosabati bilan metro poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqida Toshkent metropoliteni rasmiy sahifasida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, Toshkent metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan rejaviy ishlar amalga oshirilayotgani aytildi. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.