Endi o’zbekistonliklar mamlakat hududida «stroyka»ga ishga borsa yangi qonun bo’yicha ro’yxatga olinadi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, Hukumatning ayrim qarorlariga qurilish obʼektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʼrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obʼektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʼullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obʼektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat koʼrsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi boʼyicha roʼyxatga olish tartibini nazarda tutuvchi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.
Qurilish va uy joy kommunal xoʼjaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yongʼin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qatʼiy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini taʼminlaydi.