Olmaotada 20 yoshli tayboks bo‘yicha jahon chempioni Serik Ali o‘ldirib ketildi.
Polisiya hodisada gumonlanuvchini qo‘lga oldi. U sportchining tanishi bo‘lib chiqdi. Tergovchilar jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
“Tuman polisiya bo‘limi tomonidan 20 yoshli erkakni o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtinchalik izolyatorga joylashtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanishlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, ulardan biri pichoq bilan hujum qilgan. Jinoyat quroli musodara qilindi”, deya xabar bergan Olmaota polisiya boshqarmasi.
Qozog‘iston tayboks federasiyasi ham Serik Alining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
“Olmaotadan yomon xabar keldi. Tayboks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempioni Serik Ali vafot etdi. Chempionimizning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi federasiya xabarida.