Qozog‘istonda yo‘qolib qolgan otlar muz ostidan topildi

Qozog‘istonda yo‘qolib qolgan  otlar muz ostidan topildi

Qozog‘istonda yo‘qolib qolgan 47 ta ot muz ostidan topildi.

 

Jonivorlar Qorag‘anda viloyatining Qarqarali tumanida o‘tlab yurganda yo‘qolib qolgan, deb xabar bergan Qozog‘iston polisiyasi.

 

“Dasht ko‘llaridan birida 47 ta ot topilgan. Egalari o‘z hayvonlarini tanidi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, tunda poda muzlagan ko‘lga chiqqan. Muzning qalinligi yetarli emasligi sababli hayvonlar suvga tushib ketgan”, deyiladi xabarda.