Bir sutkada uchinchi samalyot nosozlikka uchradi

Bir sutkada uchinchi samalyot nosozlikka uchradi

So‘nggi 24 soatda samolyotga aloqador uchinchi hodisa: Boeing 737 Norvegiyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Oslodan Amsterdamga yo‘l olgan KLM layneri havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay gidravlik nosozlik yuz berdi.

Uchuvchilar zudlik bilan samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq u uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va o‘t ustida to‘xtadi, deya xabar beradi Norvegiya OAV.

Samolyot bortida 176 yo‘lovchi va olti ekipaj a’zosi bo‘lgan.