Rus tilini bilmagan chet elliklar Rossiyada maktabga qabul qilinmaydi

Rus tilini bilmagan chet elliklar Rossiyada maktabga qabul qilinmaydi

Rus tilini bilmaydigan chet ellik o‘quvchilar maktabga qabul qilinmaydi.

Putin bu borada tegishli qonunni bugun imzoladi.

2025 yilning 1 aprelidan boshlab xorijiy fuqarolar bolalarini maktabga qabul qilishdan oldin rus tilidan test olinadi.

Imtihondan o‘ta olmagan bolalar bepul rus tili kurslarida o‘qib keyin qaytadan imtihon topshirishlari mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya maktablarida jami 18 mln o‘quvchi o‘qiydi. Shundan 200 mingi (1,1%) xorijiy o‘quvchilar tashkil qiladi.