Rossiya ayrim migrantlarga taksichilikni taqiqlamoqchi

Rossiya ayrim migrantlarga taksichilikni taqiqlamoqchi
foto: internet tarmogʻi

Rossiyada ayrim migrantlarga 1-martdan taksi haydash taqiqlanmoqda – tafsilotlar

Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartishlarga koʻra, quyidagilarni sodir etgan fuqarolarga jamoat transporti va taksilarni boshqarishga ruxsat etilmaydi:
▪️qotillik;
▪️qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish;
▪️talonchilik yoki bosqinchilik;
▪️jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar;
▪️jamoat xavfsizligi, konstitutsiyaviy tuzum asoslari va davlat xavfsizligi, tinchlik va xavfsizlik asoslariga qarshi oʻrtacha ogʻirlikdagi yoki undan ogʻirroq jinoyatlar.

Yangi tartib nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan kelgan migrantlarga balki, Rossiya fuqarolariga ham tegishli.