O’zbekiston yil yakunigacha «AI-80» benzinidan voz kechmoqchi

O’zbekiston yil yakunigacha «AI-80» benzinidan voz kechmoqchi

O‘zbekistonda 2025 yili AI-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin.

Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda ta’kidlanishicha, 2025 yil 1 maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

➖asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;

➖teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;

➖samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;

➖qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;

➖xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

Shuningdek, 2025 yil yakuniga qadar “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanishi mumkin.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda. Bundan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda avariyaviy yoqilg‘i sifatida foydalanish holatlari mustasnoligi aytilgan.

«Liderlar minbari» loyihasi: O‘zbekiston konchilik sanoatining yetakchisi

«Liderlar minbari» loyihasi: O‘zbekiston konchilik sanoatining yetakchisi

MUHIM24 sayti Siz uchun jamiyatimiz va mamlakatimiz miqyosida muhim bo’lgan, xalq orasida liderlik qilayotgan hamda hammani birdek qiziqtirgan mutasaddi va yetakchi shaxslar haqida ma’lumotlarni taqdim etib borishni maqsad qildi. Siz bunda bizning yangi «Liderlar minbari» bo’limimizni kuzatish orqali tanishib borishingiz mumkin. 1-sonimizda e’tiboringizga NKMKning yetakchisi bo’lmish Quvondiq Sanaqulov haqida so’z yuritmoqchimiz.